TATUda Belarus davlat universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma fakultet ochiladi

15:41 13 Sentyabr 2018 Jamiyat
1315 0

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida Axborot texnologiyalari boʻyicha qoʻshma fakultet tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Shartnomaga koʻra, 2019-2020-oʻquv yilidan boshlab Axborot texnologiyalari boʻyicha hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida qoʻshma fakultetga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha abituriyentlar qabul qilinadi:

- axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti;

- mobil tizimlarini dasturlash;

- sunʼiy intellekt.

Hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma fakultetda talabalar 1-2-bosqichlarda TATUda tahsil oladi, 3- va 4-bosqichlarda esa oʻqishni BDIRUda davom ettiradi. Fakultetni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.

Qoʻshma fakultetda oʻqish rus tilida olib borilishi rejalashtirilgan boʻlib, joriy yilning noyabr oyidan universitet huzurida rus tili, matematika, fizika, informatika asoslari va ingliz tili fanlaridan tayyorlov kurslari tashkil etilishi koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?