TATU tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etiladi

13:27 19 Yanvar 2019 Jamiyat
338 0

Foto: TATU

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma'lum qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 oʻquv yilidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakulteti ochiladi.

Fakultetning asosiy vazifasi respublika iqtisodiyotining real sektori tarmoqlari uchun axborot texnologiyalarini dasturiy taʼminlash, mobil tizimlarni dasturlash, sunʼiy intellekt sohalari boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.

Fakultetda talabalar toʻlov-kontrakt asosida rus tilida oʻqitiladi.

Fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama tan olinadigan hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlari beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?