TATU talabalari — “Youth mobile” tanlovi gʻolibi

10:47 04 Iyun 2019 Jamiyat
242 0

YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan talaba-yoshlar oʻrtasida mobil ilovalar yaratish boʻyicha oʻtkazilgan “Youth Mobile” tanlovida TATU talabalari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi, deb xabar bermoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati.

Universitetning Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Sayyora Rahimova 1-oʻringa munosib, deb topildi va 12.500.000 soʻm pul mukofotiga ega boʻldi. Shu fakultet oʻqituvchisi Zarnigor Fayzullayeva esa 2-oʻrinni egallab, 4.000.000 soʻm mukofoti bilan taqdirlandi.

Tanlovning final bosqichida talabalarning 10 ta ishlanmasi namoyish etildi. Eng yaxshi mobil ilovalar “Google Play” va “AppStore” onlayn-doʻkonlariga joylashtiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?