Tashqi savdo vazirligi eksport boʻyicha murojaatlarni 24 soat davomida qabul qilish tartibini yoʻlga qoʻydi

09:41 20 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
825 0

Foto: Tashqi savdo vazirligi

Tashqi savdo vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning eksport mavzusidagi murojaatlarini tunu kun qabul qilish tartibi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu qaror tashqi savdo sohasining jadal surʼatlar bilan rivojlanayotganini inobatga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar va kompaniyalarga tezkor va sifatli qoʻllab-quvvatlash xizmatini koʻrsatish maqsadida qabul qilindi.

Kunduzgi ish vaqtida murojaatlar vazirlik kotibiyati, kechki paytda esa navbatchi xodimlar tomonidan qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, joriy yil yanvar noyabr oylarida vazirlik tomonidan 179 ta, jumladan, jismoniy shaxslardan 130 ta, yuridik shaxslardan 49 ta murojaat koʻrib chiqildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?