Tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchilar uchun yana bir yengillik yaratildi

12:25 22 Iyun 2018 Iqtisodiyot
475 0
Foto: HORIZON

Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu o‘zgarishlarga asosan, bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan keltirilgan mahsulotga – bir kalendar yilidan oshmagan muddatga muvofiqlik sertifikati berish tartibi joriy etildi, deyiladi “Huquqiy axborot” kanali xabarida.

Ma’lumot uchun aytib o‘tamiz, avval bir shartnoma doirasida import qilingan tovarning xar bir chegaradan o‘tadigan miqdori uchun alohida muvofiqlik sertifikati olinishi lozim edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?