Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi da ishtirok etadi

11:25 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
95 0

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 21-29-sentyabr kunlari AQSHga tashrif buyuradi va BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida, jumladan, Eʼtiqod erkinligini himoya qilish Global chaqiruvi taqdimotiga bagʻishlangan yuqori darajadagi tadbirda, Iqlim taʼsirlari boʻyicha BMT Sammitida, “Markaziy Osiyo - AQSH” (“C5+1”) shaklida va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashining (OHICHK) vazirlar uchrashuvlarida ishtirok etadi hamda Nyu-York shahrida xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Tashrif dasturida Vashington shahrida AQSH rasmiy shaxslari bilan muzokaralar oʻtkazish va Oʻzbekiston-AQSH kun tartibi masalalarini muhokama qilish ham koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?