Tashqi ishlar vaziri AQSH delegatsiyasini qabul qildi

17:54 23 Iyul 2018 Siyosat
338 0
Foto: TIV

23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Henri Ensher boshchiligidagi Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiya Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari (“S5+1”) vakillarining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida AQSHga rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp, Ma’muriyat va Kongressning mas’ul rahbarlari bilan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni tatbiq etishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “S5+1” shaklidagi Ishchi guruh majlisi kun tartibi nuqtayi nazaridan xalqaro va mintaqa siyosatining ba’zi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda AQSH Elchisi Pamela Spratlen ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?