Tashqi ishlar vaziri AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi. Unda nimalar muhokama qilindi?

15:51 30 Iyun 2020 Siyosat
59 0

2020-yilning 30-iyun kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSHning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Tomonlar yaqin siyosiy munosabatlar oʻrnatilganini, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va harbiy-texnikaviy aloqalar mustahkamlanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
 

AQSH tomoni Oʻzbekiston rahbariyatining Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishda mintaqaviy yondashuvni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi va ushbu yoʻnalishda faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor taʼkidladi.

Muzokaralar chogʻida Afgʻoniston va mintaqamiz oʻrtasidagi iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirishga koʻmak beradigan qator loyihalarni moliyalashtirish uchun DFC mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?