Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari diqqatiga!

14:32 12 Avgust 2019 Jamiyat
86 0

Illyustrativ foto

2019-yil 1-sentyabrdan boshlab, Turkmaniton Respublikasida ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida oʻtuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari boʻyicha yangi tartiblar joriy qilinmoqda. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar berdi.

2019-yilning 1-sentyabridan boshlab, ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida oʻtuvchi tovarlar haqida quyidagi maʼlumotlar taqdim etilmaganda, Turkmaniston bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun rusxatnomalar berilmaydi.

-yuklarni yuboruvchi va qabul qiluvchining nomi va joylashgan manzili;

-tovarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakat nomi;

-tovarlarni tashuvchining yoki ekspeditorning (ruxsatnomani ekspeditor olganda) nomi va joylashgan manzili;

-transport vositasi va uning haydovchisi;

-tovarlarning shakli, nomlanishi, miqdori va qiymati;

-tovarlarning vazni va hajmi;

-tovarlarni kodlash va nomlashning uygʻunlashtirilgan tizimi boʻyicha tasniflangan kodi (TIF TN);

-yuk oʻrinlarining umumiy soni;

-tovarlar yoʻllangan manzil;

-yoʻldagi yuk operatsiyalari (tushirish, ortish, qayta yuklash va hk..);

-tovarlarni tashish muddati va harakatlanish yoʻnalishi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?