“Tashkent Sity”da qurilish ishlari qanday ketmoqda? (foto)

12:25 22 Iyun 2018 Jamiyat
936 0
Foto: Toshkent shahar hokimligi

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida yirik qurilish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Shu yil boshida poytaxtimizning qoq markazida mazkur loyiha bo‘yicha “Tashkent-Sity” shahar ichida dunyo standartlari darajasidagi har tomonlama mukammal va noyob ko‘rinishdagi binolardan tashkil topgan shaharcha bunyod bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shaharcha 90 gektardan ortiq maydonda joylashgan bo‘lib, asosiy loyiha chizmalariga ko‘ra, 8 ta lot, ya’ni alohida maydonlarga bo‘lingan. Ma’lum bo‘lishicha bu yerda elit mehmonxona va ofislar uchun biznes markazlaridan tashkil topgan 6 ta baland bino, shuningdek aholi yashovchi turarjoy binolari hisoblanuvchi 20ga yaqin qurilish inshootlari mavjud bo‘ladi. Osmono‘par binolar 22dan 43 qavatgacha tashkil topishi kutilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Aytish joizki, O‘zbekistonda bunday balandlikdagi imorat ilk marotaba aynan “Tashkent Sity”da bunyod bo‘ladi. Asosiy loyiha o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa-da, 8ta lotning faqatgina 1-, 5-, 7-lotlari arxitektura ko‘rinishi bo‘yicha mutaxassislar tasdig‘ini olgan. Qolganlariga yana o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘zgacha ko‘rinish va qulayligi bo‘yicha har tomonlama mukammal bo‘lgan bino loyihalarida, asosan, Turkiya, Italiya kabi xorijiy hamkorlar bilan birga ish olib borilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

“6 oy davomida jadal ishlar olib borilayotgan mazkur loyihani avvalo tanlab olgunimizcha ancha vaqt ketdi. Bu juda murakkab masala. Zero, biz ko‘zda tutgan «Tashkent Sity” shaharchasidagi har bir bino o‘zining takrorlanmas, zamonaviy ko‘rinishda va har tomonlama qulay, zamon talablariga mos, innovatsion yutuqlariga ega bino bo‘lishi shart. Avvalo, qog‘ozlardagi chizmalar o‘z tasdig‘ini topgach maketlarga ko‘chirildi. Uning ham ustida ishlab bo‘lingach esa chizmalarni reallikka olib chiqish uchun qurilish ishlarini boshladik. Shaxsan men 1997 yil O‘zbekistonga kelgan bo‘lsam, mazkur ish olib borgan loyihalarim orasidagi eng murakkabidir. Shundan bo‘lsa kerak, mas’uliyat va hayajonni sezyapman»,- degan 5-lot bosh arxitektori Erkadir O‘zdemir Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatiga.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

 

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Birgina ana shu 5-lotdagi ish jarayonini kuzatadigan bo‘lsak, bu yerda kunduzi 730, kechki smenada 220 nafardan ziyod quruvchi ish olib borishmoqda. Quruvchilar uchun sharoitlar muhayyo etilgan. Tibbiyot punkti, 600 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona bo‘limi, omborxona maydoni, xavfsizlik qismlari ishchilar xizmatida.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?