Tashkent Cityʻdagi Kongress-xoll tomi qulagani haqidagi xabarlar rad etildi

10:59 03 Dekabr 2019 Jamiyat
133 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 2-dekabr kuni Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi Xalqaro kongress-xollning tomi qulagani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatidan “Daryo”ga maʼlum qilishlaricha, kongress-xoll tomi qulagani haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

“Chiroq ustalari ish olib borayotgan vaqtda shift lyuklaridan biri joyidan chiqib ketgan. Uni shu kunning oʻzidayoq qayta joyiga oʻrnatib qoʻyishdi. Hech qanday tom qulamagan”, — dedi hokimlik vakili.

Eslatib oʻtamiz, Tashkent Cityʻdagi Xalqaro kongress-xoll 2019-yil oktyabr oyi boshida qurib bitkazilgan edi. 21-oktyabr kuni binoda Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan asosiy tadbirlar oʻtkazilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?