”Tashabbus -2019” koʻrik-tanlovi bosqichlari qachon oʻtkaziladi?

15:41 18 Aprel 2019 Jamiyat
351 0

Tashabbus-2018 | Arxiv foto

Joriy yil 14 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar oʻrtasida oʻtkaziladigan ”Tashabbus-2019” koʻrik-tanlovini tashkil etish boʻyicha farmoyishi qabul qilindi.

Unga koʻra, tanlovning tuman bosqichlari 22 apreldan 15 maygacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi 20 maydan 12 iyungacha, respublika bosqichi esa 20-21 iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Koʻrik-tanlovning asosiy gʻoliblari”Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, ”Xizmat koʻrsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, ”Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, ”Yilning eng yaxshi fermeri” hamda ”Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyalari boʻyicha aniqlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?