Tarozining ikki pallasi. Buxoroda bir sud, boshqa bir sudning noto‘g‘ri qarorini bekor qildi

15:21 13 Iyun 2018 Jamiyat
608 0

Buxoro tuman Rabotiqalmoq MFY, Dexoji qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh. Ochilova xonadoniga tumangaz filiali tomonidan 2 340 657 (ikki million uch yuz qirq ming olti yuz ellik yetti) so‘mlik qarz hamda, 117 033 (bir yuz o‘n yetti ming o‘ttiz uch) so‘m davlat boji undirish belgilanganligi to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarilganidan norozi bo‘lib Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi Online”ga tashkilotning viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.

Ushbu holat yuzasidan jamiyat tomonidan iste’molchining manfaatini ko‘zlab, unga nisbatan hisoblangan noreal qarz va davlat bojini bekor qilish to‘g‘risida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga e’tiroz kiritilib, Sud buyrug‘ini bekor qilish haqida Ajrim chiqarildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019