Tarkibida yuqori miqdorda yogʻ, shakar boʻlgan mahsulotlar reklama qilinmaydi — Buyuk Britaniyada semizlikka qarshi kurash dasturi boshlandi

12:33 28 Iyul 2020 Dunyo
254 0

Buyuk Britaniyada semizlikka qarshi kurash dasturi ishlab chiqildi.

Hukumat matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, strategiya tarkibida yuqori miqdorda yogʻ, shakar yoki tuz boʻlgan nosogʻlom taomlarni ertalabdan to kech soat toʻqqizga qadar televideniye va internet orqali reklama qilishni taqiqlaydi.

Shuningdek, supermarketlar ham bunday oziq-ovqat mahsulotlarini reklama va chegirmalar bilan sota olishmaydi yoki uni odam koʻzi tushadigan joylarga, masalan, toʻlov kassalari hamda kirish joylariga joylashtirishlari mumkin emas.

Bundan tashqari, yirik restoran va kafelar endilikda buyurtma taomlar ustiga ularning kaloriya miqdorini koʻrsatishlari kerak boʻladi.

Mamlakatda kattalarning 63, bolalarning esa 33 foizi ortiqcha vaznga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?