Tarixiy kun: Saudiyada ayollar ilk marta avtomobil boshqarish huquqiga ega bo‘ldi

16:37 25 Iyun 2018 Dunyo
650 0
Foto: ksa.motory.com

Saudiya Arabistoni Qiroli chiqargan farmon asosidagi ruxsatdan so‘ng mamlakat ayollari yakshanba tongida qirollik shahar ko‘chalariga ommaviy ravishda o‘z avtomobillarini haydab chiqa boshladi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Mamalakatning sun’iy yo‘ldosh telekanallari avtomobil boshqarish uchun ruxsat kuchga kirgan ilk daqiqalardanoq ayollarning o‘z mashinalarida ko‘chaga chiqishi aks etgan videoni tayyorladi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilning sentyabrida Saudiya Qiroli ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi farmon chiqardi. Saudiya Arabistoni ayollarga avtomobil boshqarish uchun taqiq amal qilgan dunyodagi yagona mamlakat edi. Farmon 24 iyun kuni kuchga kirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?