Taqiqda turgan “Captiva” qalbaki hujjat asosida sotib yuborilgani aniqlandi

14:40 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
178 0

Qashqadaryo viloyatidagi banklarning birida, aylanma mablagʻni kengaytirish hamda qurilish materiallari sotib olish maqsadida Qarshi tumanida joylashgan MCHJga 150.000.000 soʻm miqdorida kredit berilgan, biroq MCHJ rahbari 48 yoshli D.I. (ayol) garov sifatida qoʻyilgan “Captiva” rusumli avtomashinani kredit qarzdorligi toʻlanmasdan turib, 2020-yilning avgust oyi boshlarida qarzdorlik haqidagi aloqa xatining oʻrta qismini mexanik harakat taʼsirida oʻchirib, qalbaki hujjatlarni notariusga taqdim qilib, avtomashinani taqiqdan chiqarishga erishib, bank tomonidan band solingan mulkni qonunga xilof ravishda sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni qoʻlga kiritgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

"Sudga oid texnik ekspertiza xulosasiga koʻra, bank tomonidan berilgan aloqa xatining oʻrta qismi mexanik harakat taʼsiri oqibatida oʻchirilganligi hamda yuqori va pastki qatordagi matnlar bir printerda bajarilmaganligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri boʻyicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi «b» bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish), 228-moddasi 3-qismi (qalbaki hujjatdan foydalanish), 233-moddasi 1-qismi (Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi ushbu xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?