Taqdimot: Qoʻrboshi Madaminbek badiiy talqinda

12:31 08 Oktyabr 2019 Madaniyat
203 0

Bugun, 8-oktyabr kuni soat 15:00da Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida iqtidorli yozuvchi Zokir Xudoyshukurning yangi “Tuzoq” nomli badiiy kitobining taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Ushbu badiiy asarda qadim oʻzbek xalqining tarixiy udumlari, mif va asotirlari, umuman, xalq ogʻzaki ijodining nodir namunalari oʻz aksini topgan. Qolaversa, xalqimizning milliy qahramoni Madaminbekning ozodlik yoʻlidagi kurashlari hamda bosqinchilar tomonidan tuzoqqa tushirilishi taʼsirli badiiy boʻyoqlarda ochib berilgan.

Mazkur bitiklar oddiy, xalqona uslubda bayon etilganki, goʻyoki tarixning ajib koʻchalariga sayr qilgandek boʻlasiz.

Taqdimotda adabiyotshunos olimlarning kitob haqidagi fikrlari, shuningdek, muallif bilan bevosita uchrashuv, badiiy ijod, kelgusidagi ijodiy rejalar xususida ham muloqotlar boʻlib oʻtadi.

Barcha kitob shinavandalarini ushbu taqdimotga taklif qilamiz!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?