“Biz g‘alaba qozonamiz”

16:51 09 Iyul 2018 Madaniyat
363 0
Foto: “Xalq so‘zi”

Poytaxtimizda jurnalist Shuhrat Sattorovning shu nomdagi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. BMB Trade Group kompaniyasi hamda “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Maslahat.uz” guruhi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mazkur tadbirda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

— Faol tadbirkorlik,innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlangan ushbu kitobda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalqimiz hayotini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslari, shuningdek, shaxsiy va kasbiy yuksalishda ilmiy va innovatsion yondashuvlar bayon qilingan, — deydi BMB Trade Group kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov. — Biznes qoidalari va tadbirkorga xos xususiyatlar, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, jamoada ishlash hamda ijtimoiy hayotdagi noqisliklarni bartaraf etish bo‘yicha affirmativ tavsiyalar berilgan.

Aytish joizki, kitob aholining keng qatlami uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan “Muvaffaqiyat va baxtiyorlik tarkibi”, “Maqsad va g‘alaba oralig‘i”, “Kasbiy yuksalish va liderlik”, “Biznes va tadbirkorlik”,“Kelajakka maktublar”, “Uzoq umr, salomatlik va foydali mashg‘ulotlar” singari bo‘limlar o‘rin olgan. Shuningdek, ma’rifatparvar insonlar, taniqli tadbirkor va sportchilarning hayotiy qoidalari atroflicha tahlil qilingan.
Shohsanam BЕRDIBЕKOVA.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?