Taomlarga achchiq murch yoki achchiq qalampir qoʻshib yeyish shamollash, koronavirus infeksiyani profilaktikasi va davosiga kirar ekan. Shu rostmi?

16:32 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
533 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

— Oziq-ovqatga qoʻshiladigan achchiq qalampir ishtahani ochish uchun ishlatilishi mumkin, lekin hecham COVID 19 bilan kasallanishni toʻxtatmaydi va davolamaydi.

Oʻzingizni yangi koronavirus infeksiyasidan himoya qilishning eng yaxshi usuli bu ijtimoiy masofani saqlash, qoʻllarni tez-tez sovunlab yuvish va niqob taqishdir. Bundan tashqari vitaminlarga, oqsillarga boy oziq-ovqatlar isteʼmol qilish, koʻproq suyuqlik ichish, muntazam jismoniy mashqlarni qilib turish hamda sogʻlom uyqu organizmni infeksiyadan himoya qilish funksiyasini koʻtarish xususiyatiga egadir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?