Taom kasallik yoki oʻlimga sababchi emas, balki ovqatlanish va lazzatlanish manbai boʻlishi lozim

16:22 14 Fevral 2019 Jamiyat
230 0

Illyustrativ foto

Har yili bakteriyalar, viruslar, parazitlar, kimyoviy moddalar bilan zaharlangan oziq-ovqat dunyo boʻylab 600 mingdan ziyod kishining kasallik orttirib olishiga sababchi boʻladi. Yana 420 ming kishi sifatsiz mahsulotlar isteʼmoli oqibatida hayotdan koʻz yumadi.

Yaqinda Addis-Abeba shahrida tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha birinchi xalqaro konferensiyada ushbu raqamlar keltirib oʻtildi, deb xabar berdi BMT axborot markazi.

Ushbu yirik anjuman BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti(FAO), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti(JSST), Jahon savdo tashkiloti, Afrika ittifoqi tomonidan oʻtkazildi.

BMTga koʻra, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmoli tufayli kelib chiqadigan kasalliklar sogʻliqni saqlash tizimiga ham qoʻshimcha yuk boʻladi va iqtisodiyot, savdo hamda turizmga zarar yetkazadi.

Ekspertlarning fikricha, bunday holat kelajakda kam va oʻrtacha daromad darajasiga ega mamlakatlarda ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi.

“Oziq-ovqatni himoya qilish – bu barchamizning umumiy masʼuliyatimiz”, - dedi FAO bosh direktori Joze Gratsianu da Silva anjuman chogʻida. – Biz milliy va xalqaro siyosiy dasturlar doirasida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirish uchun birgalikda ishlashimiz kerak”.

Konferensiya ishtirokchilari oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi hosilni yigʻish, qayta ishlash, saqlash, taqsimlash, tayyorlash va isteʼmolgacha boʻlgan barcha bosqichlarda asosiy vazifaga aylanishi kerak.

“Taom kasallik yoki oʻlimga sababchi emas, balki ovqatlanish va lazzatlanish manbai boʻlishi lozim”, - dedi JST bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesus.

U xavfli ovqat har yili yuz minglab odamlar hayotiga zomin boʻlayotgani, ushbu muammoga haligacha siyosiy jihatdan yetarlicha eʼtibor qaratilmayotganini qayd etib oʻtdi.

JST bosh direktori fikricha, odamlar xavfsiz oziq-ovqatdan bahramand boʻlishlarini taʼminlash yanada qatʼiy normativ hujjatlar, laboratoriyalar, nazorat va monitoring ostidagi doimiy investitsiyalarni talab qiladi.

“Bizning globallashgan dunyomizda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi – har birimizning muammoimizdir”, - dedi T.Gebreyesus.

U JST qitʼada standartlar va qoidalarni kuchaytirish uchun Afrika oziq-ovqat xavfsizligi agentligi tuzilganini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

JST bosh direktori Robert Azeved oziq-ovqat xavfsizligini sogʻliqni saqlashning markaziy elementi deb atadi. Bu 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Maʼlumot uchun, konferensiyada dunyoning 130 ta davlatidan delegatlar – sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligi vazirlari, yetakchi olimlar, shuningdek, isteʼmolchilar, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar vakillari ham qatnashdi.

Anjumandan koʻzlangan maqsad xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini yoʻq qilish masalasiga dunyo hamjamiyati eʼtiborini qaratishdir. Zero, bu butun jahonda barqaror taraqqiyotga erishish yoʻlida yuksalishga xizmat qiladi.

Mazkur mavzudagi kelgusi konferensiya 23-24 aprel kunlari Jenevada boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?