Tanzila Narbayeva Imperator Naruxito va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashdi

12:25 24 Oktyabr 2019 Jamiyat
551 0

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.

Yaponiyaning yangi Imperatori Naruxitoning taxtga oʻtirishi tantanali marosimida Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari uni taxtga oʻtirgani bilan tabrikladi. Tomonlar Oʻzbekiston-Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash istagini bildirdilar.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida Senat Raisi Tanzila Narbayevaning Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan ham uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani, ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga tashrifi oldidan oʻzaro qiziqish tobora ortib borayotgani taʼkidlandi.

Senat Raisining Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?