Tanlov gʻoliblari Londondagi biznes maktabiga yoʻllanma oldi

15:52 17 May 2019 Jamiyat
466 0

Poytaxtimizdagi Xalqaro Hamkorlik Markazida Creative Spark dasturi doirasida Big Idea Challenge tanlovining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtdi. Bu bosqichda raqamli texnologiyalar, ijtimoiy taʼsir va ijodkorlik yoʻnalishlarida loyihalar koʻrib chiqildi.

Creative Spark bu – Britaniya Kengashining besh yillik dasturi boʻlib, Buyuk Britaniya va dasturda ishtirok etuvchi davlatlardagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya va Ukrainadan ishtirokchilar qatnashdi.

Creative Spark doirasidagi Big Idea Challenge video-taqdimotlar tanlovi, dastur qatnashayotgan davlatlarning yoshlariga oʻz “startap” loyihalarini amalga oshirish va bu haqda butun dunyoga gapirib berishi uchun imkoniyatdir.

Tanlovga taqdim etilgan barcha loyihalar maktabdan to doktorantura hamda ish faoliyatigacha ijodiy tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga moʻljallangan. Tanlov soʻnggida beshta guruh gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va ular orasidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Londondagi Launch Pad biznes maktabiga bir haftalik safarga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?