Taniqli amerikalik prodyuser oʻzbekistonlik talablar bilan uchrashdi

17:07 23 Yanvar 2019 Madaniyat
562 0

Foto: Edu.uz

Rejissyor va mohir prodyuser, “UPF” tashkilotining dasturlar boʻyicha direktori Daniyel Tutt yurtimizga safari davomida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Tashrif mobaynida amerikalik rejissyor institutdagi ijodkor yoshlar tomonidan tayyorlanayotgan ijod namunalari bilan tanishdi.

– Institutiga qilgan sayohatim davomida shunga amin boʻldimki, kelajakda bizning Oʻzbekistondagi faoliyatimizda kerak boʻladigan koʻplab fikr va gʻoyalar yetarlicha.

Masalan, institutdagi baʼzi yoshlarning animatsiya va operatorlik mahorati menga manzur boʻldi. Ular bilan kelajakda birga ishlaymiz degan umiddaman.

AQSHlik rejissyor Oʻzbekistonga “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi tomonidan tasvirga olinishi rejalashtirilayotgan islom dini va sivilizatsiyasi toʻgʻrisida qisqa metrajli filmga materiallar toʻplash maqsadida tashrif buyurgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?