Taniqli adib Isajon Sulton vazir maslahatchisi etib tayinlandi

11:26 05 Mart 2020 Jamiyat
229 0

Isajon Sultonov Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sultonov Isajon Abduraimovich 1967-yilda Fargʻona viloyati, Rishton tumanida tugʻilgan.

“Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik”, “Bilga Xoqon” romanlari, “Munojot”, “Onaizorim”, “Robiya Balxiy” kabi qissalar va turli mavzudagi hikoyalar muallifi. Asarlari ingliz, turk, nemis, rus tillariga tarjima qilingan. “Boqiy darbadar” romani “The Eternal Wanderer” nomi bilan AQSHda, “Bogʻi Eram” hikoyalar toʻplami Turkiyada nashr qilingan. Asarlari “Vatan uchun yashaylik“ (Oʻzbekiston), “Lexicon” (AQSH), “Guncel Sanat” (Turkiya) va “Open Eurasia” (Angliya) xalqaro tanlovlari gʻolibi deb topilgan.

1996-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

2014-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvonini olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzosi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?