Tandir ostidan geroin chiqdi

11:16 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
86 0

Muqaddam giyohvandlik moddalari bilan bogʻliq jinoyat sodir etganligi uchun hozirgi kunda Buxoro viloyatidagi jazoni ijro etish koloniyasida jazoni oʻtayotgan, Fargʻona viloyat Buvayda tumanida roʻyxatda turuvchi, 1975-yilda tugʻilgan M.M bilan surishtiruv ishlari olib borildi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.

Natijada M.M. oʻzi muqaddam yashagan, Buvayda tumani Anhor koʻchasidagi uylardan birining orqa tomonida joylashgan ayvonda oʻrnatilgan, ushbu koʻp qavatli uy aholisining umumiy foydalanishida boʻlgan tandir ostiga ekspertiza xulosasiga koʻra sof vazni 79,5 gr.ga teng boʻlgan geroin giyohvandlik moddasini kelgusida oʻtkazish maqsadini koʻzlab, saqlab kelayotganligi aniqlandi. Bu holat xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?