”Taʼmirlash ishlari tarixiy qiyofaga putur yetkazmaydi“ — ”Panorama" kinoteatri meʼmori uni taʼmirlash bilan bogʻliq vaziyatga izoh berdi

17:54 14 Sentyabr 2020 Madaniyat
170 0

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Panorama” kinoteatrining tarixiy qiyofasi yoʻq qilinayotganligi haqidagi maʼlumot tarqaldi.

«Oʻzbekkino» Milliy agentligi mutasaddilari Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi meʼmori, yaqinda saroy binosiga tashrif buyurib, taʼmirlash ishlari bilan tanishgan S. M. Sutyagin bilan bogʻlanib, bu masalaga izoh berishini soʻradi.

"Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida hammasi joyida, vaziyat nazorat ostida. Olib borilayotgan taʼmirlash ishlari meʼmoriy yodgorlikning tarixiy qiyofasiga putur yetkazmaydi.

Shu kunlarda «Oʻzbekkino» Bosh direktori Firdavs Abduxolikov va uning xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazdik. Ayni paytda ular obyekt faoliyat olib borishi uchun vaqtinchalik ishlarni amalga oshirmoqda.

Yaqin kelajakda Toshkent xalqaro kinofestivali tiklanadi, ilgari uning asosiy ekrani hamisha Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi boʻlgan. Buning uchun kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi, kinosaroy ichi keyinchalik qurilgan turli xil xonalardan xoli qilinadi, yaʼni hamma narsa sof asl holiga keltiriladi" — deya izoh berdi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi meʼmori Sergo Sutyagin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?