Тamagirlik qilgan “Agrobank” xodimlari ushlandi (video)

14:28 07 Iyun 2018 Jamiyat
658 0

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan “Agrobank” moliya muassasining to‘rt nafar xodimi tadbirkorlarga kredit berish uchun tovlamachilik yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinib qo‘lga olindi.

Ushbu bankning So‘x tumani bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari 500 million so‘mlik kreditni rasmiylashtirib berish uchun 1,5 ming dollar olgan. U ushlangandan so‘ng qing‘ir yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullarni yetkazib berish zanjiri Toshkentga borib ulangani aniqlandi. Ya’ni ta’magirlik bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘lar “Agrobank”ning poytaxtdagi bosh idorasining kichik biznes subyektlarini kreditlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisiga yetkazilishi kerak bo‘lgan. Bu haqda qo‘yidagi videoda batafsil ma’lum qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?