Taʼlimni boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha 1 million dollarlik loyihaga start berildi 

18:27 31 May 2019 Jamiyat
201 0

Xalq taʼlimi vazirligi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Digital Knowledge Co. Ltd kompaniyasi (Yaponiya) taʼlimni boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshma loyihaga start berdi.

XTV, JICA va Digital Knowledge Co. Ltd vakillari mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha bayonnomani imzoladi.

Loyiha taʼlimni boshqarish tizimini joriy etish orqali maktab oʻqituvchilarining malakasini oshirish, yurtimizning barcha viloyatlarida yagona taʼlim sifatini taʼminlash hamda davlat va nodavlat maktablarida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan.

Qiymati 1 million AQSH dollari boʻlgan mazkur loyiha davlat-xususiy sherikchilik shaklida amalga oshiriladi. Loyiha JICA tomonidan ajratilgan grant hisobiga moliyalashtiriladi.

Digital Knowledge Co. Ltd kompaniyasi mutaxassislari yangi loyihani amalga oshirishda ishtirok etadi. Jumladan, loyiha doirasida mamlakatimizning barcha viloyatlarida joylashgan 14 ta pilot maktablarida taʼlimni boshqarish tizimini joriy etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?