Taʼlimda yangicha usul va uslublar

15:34 06 Sentyabr 2019 Jamiyat
213 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida shu yilning 23-avgust kuni oʻtkazilgan xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish,pedagoglar malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar va ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Namangan viloyatining Uychi tuman hokimligida Respublika ishchi guruhi tomonidan yigʻilish oʻtkazildi. Bu haqda Namangan viloyati XTB matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼlim sifat-samaradorligi va oʻqituvchilar kasbiy mahoratini oshirish, islohotlar samaradorligini taʼminlash, taʼlim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qoʻllash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Namangan viloyati tumanlariga rahbar va xodimlar biriktirildi.

Yigʻilishda ishchi guruhi vakillari tomonidan xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov, Namangan muhandislik qurilish instituti rektori,viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi,Uychi tumani hokimi tumandagi umumtaʼlim maktablarining faoliyati, ularda taʼlim jarayonlarini tashkil etish, taʼlim sifati va samaradorlik, mavjud sharoit, imkoniyatlarga eʼtibor qaratish yuzasidan fikr bildirdi.

Jarayonlarda “Oila - mahalla - maktab - oliy taʼlim muassasasi“ hamkorligining mazmun-mohiyati, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlash, institutlarning yetakchi oʻqituvchilari tomonidan umumtaʼlim maktablarida mahorat darslarini tashkil etishning ahamiyati, “Ustozlar bogʻi“ni tashkil etish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni hayotga yanada keng tatbiq etish, tashabbus doirasida yoshlar maʼnaviyati, jismonan barkamolligi, isteʼdodi va qobiliyatini yuksaltirish bilan bogʻliq amaliy faoliyatning yosh avlod kamolidagi ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.

Prezidentimiz videoselektor yigʻilishida ishonch bildirib taʼkidlaganidek, taʼlimda yangicha usul va uslublar, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishda Namangan tajribasini yaratish borasida dastlabki qadamlar tashlandi. Uychi tumanida ham bu borada izchil va muayyan ishlarga kirishilib, Ishchi guruh amaliy yordami bilan tashabbus, yangilanishlar va xalq taʼlimini rivoji yoʻlidagi faoliyat keng qamrov kasb etishi taʼkidlandi.

Yigʻilish davomida maktab direktorlari tomonidan tumandagi taʼlim muassasalarida besh tashabbus doirasidagi faoliyat,yoshlar va ota-onalar bilan ishlash,maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar,ommaviy sport turlarini rivojlantirish - shaxmat, belbogʻli kurash,voleybol boʻyicha muntazam mashgʻulotlar va musobaqalarni tashkil etish,kitobxonlik ravnaqi,ingliz tili oʻqituvchilari uchun tarjima markazlarini tashkil etish boʻyicha takliflar bildirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?