Taʼlim jarayoni ingliz tilida olib boriladigan Akfa universiteti tashkil qilindi

12:57 16 Fevral 2019 Jamiyat
340 0

Akfa universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.

Qaror bilan tashkil etilgan Akfa universitetda fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda taʼlim jarayoni ingliz tilida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetda taʼlim olish toʻlov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot sifatida eʼtirof etiladigan diplom beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?