Taʼlim sohasida Namangan tajribasi yaratiladi

09:59 01 Sentyabr 2019 Jamiyat
257 0

Davlatimiz rahbariraisligida shu yilning 23-avgust kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalarida gap borib, sohadagi muhim va dolzarb vazifalarni belgilab berilgan edi. Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi”ning tantanalar majmuasida videoselektor yigʻilishida ustoz-muallimlar mehnatini qadrlash, taʼlim-tarbiya sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosiga bagʻishlangan uchrashuv-muloqot tashkil etildi. Unda viloyat hokimi XayrulloBozorov viloyatdagi mavjud 685 ta umumtaʼlim maktablari direktorlari, tizimda faoliyat olib borayotgan eng ilgʻor,faol va tashabbuskor oʻqituvchilar, viloyatdagi oliy taʼlim dargohlarining professor-oʻqituvchilari bilan dildan suhbatlashdi.

-Prezidentimizning taʼlim istiqboli borasida Namangan tajribasini yoʻlga qoʻyish kerak,deya alohida bildirgan fikrlari biz namanganliklar uchun,Namangan ahli va jamoatchiligi,taʼlim sohasi vakillari uchun bildirilgan katta ishonch boʻlib, bizga ulkan masʼuliyat yuklaydi,- dedi viloyat hokimi. - Shundan kelib chiqib, viloyatda taʼlim-tarbiya sohasiga yangicha, zamonaviy,ilgʻor va innovatsion usullarni keng tadbiq etish, buning uchun rivojlangan, horijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, hususan,Yaponiya taʼlim tizimidagijihatlarga alohida eʼtibor qaratish, bir soʻz bilan aytganda,taʼlim-tarbiyada butun mamlakatga oʻrnak boʻladigantajribani yaratish va hayotga muvaffaqiyatli joriy etishga erishmogʻimiz zarur.

Muloqot ishtirokchilariyaratilajak Namangan tajribasi mutlaqo yangicha,kreativ yondashuvlar bilan ajralib turishi,bunda maktablarni kapital va joriy taʼmirlash,ularda zamonaviy shart-sharoitlarni yaratishda faqatgina Davlat va investitsiya dasturlariga koʻz tikib oʻtirmay, ichki imkoniyatlarni hamishga solish,ayni yoʻnalishda mahalliy hokimliklartashabbus koʻrsatishlari zarurligini taʼkidladilar.

Uchrashuv-muloqotda ragʻbat va eʼtibor ifodasi sifatida Namangan shahri hamda viloyatdagi barcha tumanlar xalq taʼlimi boʻlimlariga 12 ta “Spark” avtomashinalari topshirildi. Bundan tashqari xalq taʼlimi,oliy taʼlimtizimida faoliyat olib borayotgan eng faol,tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan ustoz-muallimlar,professor-oʻqituvchilar zamonaviy planshet va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

“Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” degan ezgu gʻoya asosida keng nishonlanayotgan mamlakatimiz mustaqilligining qutlugʻ 28 yillik tantanalari arafasida oʻtkazilgan tadbirda soha fidoyilari uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, ularga izzat-ikrom koʻrsatildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV.“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?