Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati boʻlimiga rahbar tayinlandi

14:21 24 Aprel 2020 Jamiyat
130 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining buyrugʻiga koʻra, Babaxolov Gʻayrat Tashbatirovich taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha Samarqand viloyati boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.

Gʻayrat Babaxolov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Shu vaqtga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelgan Yuldashev Rustam Daniyorovich — Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?