Taʼlim boshlanganining ikkinchi kuniyoq Toshkentdagi ikki maktab yopildi

13:35 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
309 0

Xabaringiz bor, bugungi kunda barcha hududlarda maktab oʻqituvchilarining COVID-19 infeksiyasiga test topshirish jarayoni amalga oshirilmoqda.

XTV Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, kuni kecha Shayxontohur tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik Markazining maʼlumotiga asosan COVID-19 infeksiyasi aniqlangan oʻqituvchilar faoliyat yuritayotgan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 40- va 262-sonli maktablar faoliyati ehtiyotkorlik hamda xavfsizlik maqsadida Mahalliy kengash qarori bilan vaqtincha toʻxtatildi.

"Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mazkur virus 2 yilgacha chekinmasligini prognoz qilgan. Bugun har birimiz ushbu virus bilan yashashga, hech qanday havotirga tushmasdan hayot tarzimizni davom ettirishga oʻrganishimiz lozim.

Mahalliy kengash deputatlari tomonidan qabul qilingan maktablarni yopish yohud ochish toʻgʻrisidagi qarorlar u yoki bu maktab jamoasi va maktab oʻquvchilari, yaʼni bolajonlarimizning salomatligini oʻylab amalga oshiriladi. Shu bois oʻqituvchilarimizdan ham ota-onalardan ham bunday holatlarda ortiqcha havotirga tushmaslik sanitariya-gigena qoidalariga rioya qilgan holda odatiy hayot tarzini davom ettirishlarini soʻrab qolamiz.

Bunday holatlarda ota-onalardan talab qilinadigan asosiy narsa masofadan yaratib berilayotgan taʼlim imkoniyatlaridan foydalanib, farzandlari bilim olishini nazorat qilishdan iborat. Bu masalaga jiddiy yondoshishingizni iltimos qilamiz.

Karantinga olingan maktablar dezinfeksiya ishlari amalga oshirilganidan soʻng Mahalliy kengash deputatlari qarori bilan yana oʻz faoliyatini tiklaydi.

Shu bilan birga bugungi kunda barcha hududlarda ochilmagan maktablar faoliyatini tiklash boʻyicha ham ishlar ketmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 

topshirigʻi bilan maktablarni ochilishi hamda yopilishi toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish vakolati faqatgina Mahalliy kengash deputatlariga topshirilgan.

16-sentyabr holatiga respublikada 2 550 ta (25%) maktab oʻz faoliyatini anʼanaviy shaklda amalga oshirmoqda", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?