Talabalarni olib ketayotgan avtobus agʻdarilib ketdi

17:14 26 Dekabr 2018 Dunyo
573 0

Illyustrativ foto

Erondagi eng yirik Ozod universiteti kampusi hududida talabalarni olib ketayotgan avtobus agʻdarilib ketishi oqibatida 10 kishi hayotdan koʻz yumdi, 26 kishi jarohatlandi.

Bu haqda Belta xabar berdi. YTH sabablari oʻrganilyapti. Dastlabki taxminlarga koʻra, harakatlanish paytida haydovchining yurak xuruji tutib qolgan. Shundan soʻng transport vositasi beton toʻsiqqa borib urilgan va agʻdarilib ketgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?