Talabalar innovatsion loyihalari uchun 140 ming AQSH dollariga teng grant yutib oldi

19:04 15 Aprel 2019 Jamiyat
165 0

Illyustrativ foto

Andijon davlat universiteti talabalari oʻz ustozlari bilan birga “Qayta tiklanadigan energiya manbalari fizikasi va atrof-muhit barqarorligi boʻyicha magistrlik dasturini takomillashtirish orqali talabalarning ijodiy va innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish” loyihasi uchun 140 ming AQSH dollari yutib oldi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Loyiha Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan eʼlon qilingan innovatsion loyihalar tanlovi doirasida Jahon banki mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Loyiha mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya yaratish boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga yordam beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?