FIFA yer ostida qolayotgan tailandlik futbolchilarni JCH-2018 finaliga taklif etdi

16:43 06 Iyul 2018 Dunyo
626 0
Foto: РИА Новости

FIFA Tailand g‘orlaridan birining to‘silib qolishi natijasida yer ostida qolib ketgan yosh futbolchilar va ularning murabbiylarini JCH-2018 finaliga taklif etdi. Bu haqda FIFA rahbari Janni Infantinoning ularga yo‘llagan maktubida yozilgan.

Maktub Tailand futbol assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilingan.

“Agar, barchamiz umid qilganimizdek, ular yaqin kunlarda o‘z oilalari bag‘riga qaytsa va ularning salomatligi sayohat qilishga imkon bersa, FIFA ularni Moskvaga, JCH-2018 finaliga mehmonimiz sifatida taklif qilishdan xursand bo‘ladi”, — deyiladi Infantino nomidan yozilgan maktubda.

Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, ular 23 iyundan beri qutqaruv operatsiyasining borishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?