Tailandda suv bosgan g‘orda qamalib qolgan bolalarning barchasi qutqarildi

16:07 10 Iyul 2018 Dunyo
278 0
Foto: AP

Tailandda suv bosgan g‘orda qamalib qolgan bolalarning barchasi qutqarildi. Bu haqda Spring News xabar berdi.

Khaosod mahalliy nashrida yozilishicha, qutqaruv amaliyoti so‘nggi bosqichiga 19 nafar g‘avvos jalb etildi.

“Agar barchasi reja bo‘yicha ketsa, bugun qolgan to‘rt nafar bola, shifokorlar, murabbiy va g‘avvoslar chiqarib olinadi”, degandi operatsiyadan oldin uning rahbari Chiangray Narongsak Osottxanakon.

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin 8 bolaning g‘ordan chiqarilgani haqida BBC xabar bergandi.

Eslatib o‘tamiz, 12 bola va ularning murabbiyi 23 iyun kuni sayohatga ketib Kxao Luang g‘orlar majmuasida yo‘qolib qolgandi. Qutqaruvchilar ularni oradan 9 kun o‘tib, 2 iyul kuni suv bilan to‘lgan g‘orning kichik qoyasida jon saqlayotgan holatda topishgan.

G‘or yo‘llari musson yomg‘irlari natijasida suv va boshqa jismlar bilan to‘lib qolgani natijasida bolalarni undan olib chiqish oson bo‘lmasligi aytilgandi. Hukumat g‘ordan kechayu kunduz tinmasdan suvlarni nasoslar yordamida tortib oldi. Bu qutqaruv ishlariga qulay sharoitning yaratilishiga olib keldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?