Tailandda futbolchilar qamalib qolgan g‘or yopildi

16:18 17 Iyul 2018 Dunyo
404 0
Foto: Apostrof

Tailanddagi o‘tgan hafta 12 nafar futbolchi maktab o‘quvchisi va ularning murabbiysi qutqarilgan Txam Luang g‘ori 17 iyuldan rasman yopildi.

Bu haqda mahalliy Uchinchi milliy telekanal xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, u yerda tiklash ishlari olib borilayapti, shuningdek, noyob qidiruv-qutqaruv operatsiyasi sharafiga yodgorlik ham o‘rnatiladi.

Chiangray muzofoti ma’muriyati qutqaruv amaliyotidan so‘ng g‘orda bir necha kilometrlik plastik quvurlar, suvni chiqarib tashlash uchun ishlatilgan o‘t o‘chiruvchilar shlanglari va qurilmalari qolib ketganini aytib o‘tgan. Shuningdek, yuzlab artezian quduqlari qazilgan. Ayni paytda ushbu sayyohlik maskanini asl holiga qaytarish ishlari olib borilmoqda. Shundan so‘ng u tomosha qilish uchun yana ochiladi.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni 12 nafar futbol jamoasi o‘quvchisi va ularning 25 yoshli murabbiysi g‘orga kirib, musson yomg‘irlari tufayli u yerda qolib ketgandi. Ularning barchasi 10 iyulga kelibgina qutqarib olingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?