Tailand SOVID-19 vaksinasini sinovdan oʻtkazishni boshladi

04:30 24 May 2020 Dunyo
336 0

Foto: РИА Новости

Tailandning Chulalongkorn universiteti tibbiy markazi SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasini sichqonlarda sinab koʻrdi va bu muvaffaqiyatli oʻtdi, deb xabar bermoqda mamlakatning oliy taʼlim, fan, tadqiqot va innovatsiyalar vaziri Suvit Mesinsi.

“Ushbu loyiha nafaqat tailandliklar uchun, balki insoniyat uchundir... Biz vaksinani ishlab chiqib, dunyo hamjamiyatining muammolarini hal qilishda ishtirok etishimiz kerak”, — dedi vazir.

Ushbu vaksina kelasi haftada maymunlarda sinovdan oʻtkaziladi va keyin koʻngillilarda sinab koʻrilishi mumkin.

“Hozirda AQSH va Kanadada Tailand vaksinasini ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilmoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli oʻtsa, yil oxirida vaksina ommaviy ishlab chiqariladi“ deya qoʻshimcha qilgan vazir.

Ayni damda Tailandda 3040 kishi koronavirusga chalingan boʻlib, ularning 2916 nafari sogʻaygan, 56 kishi kasallikdan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?