Tailand oʻzbekistonlik turistlar uchun viza toʻlovini bekor qildi


Tailand Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston, shuningdek, yana 20 ta mamlakat turistlari uchun viza toʻlovlari bekor qilindi.
“Bangkok Rost” gazetasining yozishicha, ushbu qoida 2019 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar amal qiladi. Unga koʻra, Tailandga 15 kunlik muddatga boradigan oʻzbekistonlik sayyohlar uchun 2000 bat (60 AQSH dollari) miqdoridagi yigʻim bekor qilingan.
Mazkur roʻyxatdan Oʻzbekistondan tashqari Andorra, Butan, Bolgariya, Xitoy, Kipr, Efiopiya, Fiji, Hindiston, Qozogʻiston, Latviya, Litva, Maldiv orollari, Malta, Mavritaniya, Papua-Yangi Gvineya, Ruminiya, San-Marino, Saudiya Arabistoni, Tayvan va Ukraina davlatlari ham joy olgan.
Tailand immigratsiya xizmati maʼlumotiga koʻra, mamlakatga viza olib kelayotgan turistlar soni 2016 yildan buyon pasayib borayotir. Mazkur tashabbus esa ularning sonini 30 foiz oshirishga yordam berishi kutilmoqda.
Oʻz navbatida, ushbu choradan koʻzlangan maqsad mamlakatga xitoylik sayyohlarni ham qaytarishdir. Sababi, Pxuketda roʻy bergan va 47 kishining umriga zomin boʻlgan kema falokatidan soʻng xitoylik sayyohlarning Tailandga kelishi keskin qisqarib ketgan. Ushbu chora-tadbirlar natijasida mamlakatga kelayotgan sayyohlar 38 mln.dan 40 mln.gacha oshishi kutilmoqda.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: