“Tafakkurimiz dangasa”. Fikr yuritishdan qochamiz, unga boʻynimiz yor bermaydi”

11:28 14 Yanvar 2020 Madaniyat
603 0

“.... 2009-yilda amerikalik mashhur skripkachi Joshua Bell ijodi borasida quyidagicha eksperiment oʻtkaziladi: jahonga mashhur, bir kun oldin “Boston Simfonik Xoll”da bergan konsertining bilet narxi 100-120 dollar boʻlgan skripkachi oddiy kiyim kiygan holda metro bekatiga tushib keladi va tik turgan koʻyi 3,5 mln. dollar turadigan qimmatbaho skripkasida dunyoga dongʻi ketgan musiqalarini chala boshlaydi. Shunda, bilasizmi, nima hol roʻy beradi: achinarli, ammo bugungi zamonaviy dunyo va zamondosh insonning asl yuzini ochib tashlaydigan, ularda yashirin fojiani shundoq koʻz oʻngimizda namoyon etadigan voqea sodir boʻladi. Skripkachi 45 daqiqa mobaynida musiqa chaladi, lekin uni hech kim tanimaydi, tanimagani mayli, shu vaqt davomida 6 kishigina xiyol toʻxtab musiqaga quloq tutgandek boʻladi, ammo soatlariga qarab olgach, yana shitob bilan yoʻllarida davom etadi, atigi 20 kishi pul beradi, mashhur skripkachi bor-yoʻgʻi 32 dollar pul yigʻadi. Eng qizigʻi shuki, musiqani astoydil eshitaman degan sanoqlilarning bari bolalar boʻladi. Qissadan hissa – bunga oʻxshash ne-ne moʻjizalarni har kuni, har on nazardan soqit qilib, ulardan gʻofil holda yashayotgan ekanmiz?” degan savolni qoʻyishadi klip ijodkorlari...”

Biz koʻpincha “tayyor” asarlarni oʻqishga moyil boʻlamiz. Va “tayyor” qarashlarga suyanib, ustiga ustak, xuddi Amerika kashf qilgan kabi asarni maqtay ketamiz. Hech kim bilmasa, sezmasa, oʻsha fikrlarni oʻzimizniki ham qilib olamiz. Chunki ustozimiz Talʼat Solihov aytganidek: “Bizning tafakkurimiz dangasa”. Fikr yuritishdan qochamiz, unga boʻynimiz yor bermaydi.

Tez orada yozuvchi Ulugʻbek Hamdam bilan boʻlib oʻtgan suhbat beriladi. Saytimizdan uzoqlashmang...

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?