Taekvondochilarimiz Jahon Kubogi musobaqalarida 45 medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi

10:16 03 Dekabr 2018 Sport
516 0

Joriy yilning 29 noyabr 3 dekabr kunlari Belorussiya poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF sport turi boʻyicha yoshlar , kadetlar va kattalar oʻrtasida Jahon Kubogida musobaqalari boʻlib oʻtdi. 
Dunyoning 18 davlatdan 1975 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini Oʻzbekiston Taekvondo ITF Assotsiatsiya rahbari Laziz Hasanov boshchiligida 53 nafar sportchimiz himoya qilishdi. Oʻzbekistonlik sportchilar musobaqada 18 ta oltin, 9 ta kumush va 18 ta bronza medalni koʻlga kiritib umumjamoa hisobida 2 oʻrini egallashdi.

Sportchilarimiz bugun yurtimizga qaytib keladilar. Terma jamoamiz soat 20:00da, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinadilar.

Maʼlumot uchun, 8-9 dekabr kunlari poytaxtimizda taekvondo ITF sport turi boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi musobaqalari boʻlib oʻtadi, tadbirda Xalqaro Taekvondo ITF prezidenti, IMGS Butun jahon yakka kurash va jang sanʼati prezidenti ishtirok etishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?