Taekvondochi Nikita Rafalovich Manchester Gran-prisida sovrindor boʻldi

12:42 22 Oktyabr 2018 Sport
762 0

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo WTF boʻyicha nufuzli Gran-Pri musobaqasi yakunlandi. Ushbu turnirda Oʻzbekiston sharafini toʻrt nafar sportchi himoya qildi.

-80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich musobaqa davomida Gretsiya, Italiya hamda Rossiya vakillarini magʻlubiyatga uchratib, yarim finalga yoʻl oldi. Final ostonasida kechgan jangda unga chorak finalda olgan kichik jarohati pand berdi va magʻlub boʻldi. Shu tariqa Osiyo oʻyinlari gʻolibi, jahon chempionati sovrindori hisoblangan Rafalovich Manchester Gran-Prisining bronza medali bilan kifoyalandi.

Qayd etish lozimki, ushbu muvaffaqiyat orqali Nikita Tokio 2020 litsenziyasi uchun qimmatli boʻlgan reyting ochkolarini ishlab oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?