Tadbirkorlik subyektlariga yashil, sariq va qizil “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi” beriladi

13:38 28 Iyul 2020 Hujjatlar
244 0

2020-yil 1-oktyabrdan boshlab tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini oʻrganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar boʻyicha 12 oy muddatgacha beriladi.

“Yashil” toifadagi belgiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan oʻrganilishi va tekshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).

Belgi tadbirkorlik subyektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?