Tadbirkorlar uchun oʻquv-amaliy seminari oʻtkazildi

16:06 25 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
647 0

Foto: Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun soliq konsepsiya boʻyicha 2019 yilda soliq qonunchiligiga kiritilayotgan oʻzgarish va yangiliklarga bagʻishlangan oʻquv-amaliy seminari oʻtkazildi. Bu haqda Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabar berdi.

Seminarda Samarqand viloyati prokurorining oʻrinbosari U.Hamdamov va Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Sh.Axmedov, mutasaddi tashkilotlar xodimlari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 20 dekabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga toʻliq tatbiq qilish masalalari boʻyicha bergan topshiriqlari, soliq qonunchiligiga kiritilayotgan oʻzgarishlar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

Oʻquv-amaliy seminari qizgʻin fikr-mulohazalarga boy oʻtganini taʼkidlash joiz. Ishtirokchilarning soliq konsepsiyasi boʻyicha 2019 yildan amaliyotga joriy etilayotgan oʻzgarish va yangiliklar boʻyicha savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.Ushbu mazmundagi oʻquv-amaliy seminarlari tadbirkorlar ishtirokida bugun viloyatning barcha tuman va shaharlarida oʻtkazildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?