Tadbirkorlar uchun onlayn kredit olish imkoniyati yaratildi

17:57 21 Noyabr 2019 Jamiyat
566 0

Oʻzbekiston moliyaviy xizmatlar bozorida birinchi boʻlib, “Agrobank” ATB tomonidan “Onlayn kredit” xizmat turi taqdim etildi. Endilikda yuridik shaxslar bankka kelmasdan, qoʻlidagi gadjet orqali kredit olish imkoniyati ega boʻlishdi.

Poytaxtimizda boʻlib oʻtgan mazkur yangi bank xizmatining taqdimotida aytilishicha, “Onlayn kredit”dan “Agrobank mobile” mobil ilovasi hamda “Internet banking” tizimi orqali foydalanish mumkin.

— Onlayn kreditlar 24/7 rejimida taqdim etiladi, — deydi bank boshqaruvi raisi maslahatchisi Abdurahmon Sherov. — Uning yana bir qulayligi 50 million soʻmgacha boʻlgan kredit taʼminotsiz berilishidir. Undan koʻp mablagʻ uchun esa sugʻurta polisi talab etiladi. Buning uchun mijoz bank ofisiga kelishi shart emas.

Chindan ham, yangi xizmat turida hamma funksiyalar masofadan bajariladi. Mijoz shartnoma bilan elektron tanishib, uni tasdiqlasa boʻldi. Pul oʻsha zahoti uning hisobraqamiga tushadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?