Tadbirkorlar “konvert” usulida haq to’lashga majbur bo’layotganining asosiy sababi nimada? 

12:17 06 Aprel 2018 Iqtisodiyot
744 0

Ma’lumki, shu kunlarda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish kontseptsiyasi loyihasi qizg’in muhokama bo’lmoqda.

Taqdim etilayotgan yangi kontseptsiyada yuridik shaxslar, tadbirkorlik sub’ektlariga engillik yaratish bilan birga oddiy fuqarolarni soliqqa tortish yo’nalishida ham o’zgartirishlar kiritilishi ko’zda tutilgan.

Bugungi kunda, amaldagi soliq qonunchiligi talablariga ko’ra jismoniy shaxslarning ish haqi fondidan olinadigan soliq va majburiy to’lovlar ikki qismga bo’linadi. 

Birinchisi to’lanishi bevosita jismoniy shaxslarning zimmasiga yuklatilgan soliq va majburiy to’lovlar bo’lib, bular to’rtta shkaladan iborat daromad solig’i (0 foizda 22,5 foizgacha) ya’ni:

Bundan tashqari, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali (8 foiz) to’lanadi.

Ikkinchisi mikrofirma yoki kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari tomonidan har bir xodim uchun 15 foiz, boshqa turdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan esa 25 foiz miqdorda to’lanishi lozim bo’lgan yagona ijtimoiy to’lovdir.

Bundan ko’rinadiki, bugungi kunda ish beruvchilar tomonidan jismoniy shaxslarga hisoblangan ish haqi fondidan jami 45-55 foiz miqdorida soliq va boshqa majburiy to’lovlar hisoblanib, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalarga o’tkazib kelinmoqda.

Ish haqi fondidan hisoblanadigan yagona ijtimoiy to’lov stavkalarining yuqoriligi ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xodimlarni noqonuniy ravishda ishga yollash va “konvert” usulida haq to’lashga sabab bo’lmoqda. 

Yangi kontseptsiyada esa, jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan daromad solig’i, yagona ijtimoiy to’lov hamda Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini 25 foiz miqdorida bo’lgan yagona soliqqa birlashtirish taklif etilmoqda.

Yuqoridagilardan ko’rinadiki, taklif etilayotgan tartib, fuqarolarning soliq yukining kamayishini ta’minlashi bilan bir qatorda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqishning soddalashtirilgan mexanizmini yaratadi, deyiladi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo’limi tomonidan taqdim etilgan xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?