Tadbirkor Namangan shahridagi maktabga 25 ta televizor sovgʻa qildi

16:07 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
112 0

Illyustrativ foto

Prezidentimiz tomonidan taʼlimga, kelajak avlod kamoliga yuksak eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining xayrli tashabbusi koʻplab hamyurtlarimizni ham ezgu ishlarga undamoqda.

Buning ifodasini Namangan shahridagi 80-umumtaʼlim maktabi hayotida ham koʻrish mumkin.

Mazkur ilm maskanida saboq olib, bugun jamiyatda munosib oʻrnini topgan, el-yurt ravnaqi yoʻlida faoliyat olib borayotgan tadbirkor maktabdagi barcha 24 ta sinf hamda maʼnaviyat xonasiga jami 25 ta zamonaviy televizor sovgʻa qildi. Bu haqda Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

1138 nafar oʻquvchiga taʼlim berayotgan 66 nafar ustoz-muallim darsda kompyuter, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalaridan oqilona foydalanib kelmoqda.

Himmatpesha tadbirkor oʻz ismini oshkor etishni zarur deb bilmadi. Uning tuhfasidan maktabda tahsil olayotgan oʻquvchilar hamda pedagogik jamoaning barchasi birdek mamnun.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?