Tadbirkor Buxoroga 65 ta zamonaviy avtobus olib keldi

16:11 27 Avgust 2019 Jamiyat
239 0

Mamlakatimizda avtomobil transportida yuk va yoʻlovchi tashuvlari sohasidagi xizmatlarning deyarli yuz foizi bugun aynan xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Buni Buxoro shahrida aholiga yoʻlovchi tashish xizmatlarini taklif etayotgan “Alixan trans servis“ MCHJ misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Korxona mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yillik tantanalari arafasida Xitoy Xalq Respublikasidan “Asia star” rusumli 65 ta avtobus olib keldi. Eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy avtobuslar hademay, Buxoro shahri aholisi va xorijlik mehmonlarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.

- Loyihani amalga oshirishga bundan uch oy oldin kirishilgan, - deydi “Alixan trans servis“ MCHJ rahbari Adizbek Baqoyev. - XXRning “Asia star” kompaniyasi bilan xuddi shu rusumdagi zamonaviy avtobuslardan 150 tasini xarid qilish yuzasidan memorandum imzolangan. “Agrobank” viloyat filiali loyiha uchun xorijiy kredit liniyasidan bizga 5 yil muddatga, yiliga 9 foiz imtiyozli toʻlov asosida 3 million 976 ming AQSH dollari miqdorida sarmoya ajratdi. Avtobuslarimiz shahar koʻchalarida harakatni boshlashi bilan kredit mablagʻini uch yilda qoplash imkoniga egamiz. Qolaversa, bir yil ichida ishchi oʻrnini yuztaga yetkazamiz deya ishonch bildirmoqda tadbirkor.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?