Tadbirkor ayol imkon topdi

18:06 11 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
88 0

Bugun hukumatimiz tomonidan tadbirkor ayollarga keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Yurtboshimizning bugungi kunda qoʻyayotgan asosiy talablaridan biri — xotin-qizlar uchun ish oʻrinlari yaratish, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va bu orqali ularning farovon hayotini taʼminlashdir. Shu maʼnoda, Boʻstonliq tumani, Chinor qishlogʻida oʻz faoliyatini boshlagan “Saidova Gulsara” yangi tikuv sexi koʻplab xotin-qizlarimizning doimiy daromad topadigan maskanga aylandi.

— Intilishlarimiz besamar ketmadi, — deydi korxona rahbari Gulsara Saidova. — Yangi sexni tashkil qildik. Birinchi bosqichda oʻn olti nafar xotin-qiz bandligi taʼminlandi. Ayni paytda jamoamiz aholining buyurtmasi asosida ish olib boryapti. Bundan tashqari, pardalar, choyshablar tayyorlab, ichki bozorga ham chiqaryapmiz. Kelgusida bank krediti asosida faoliyatimizni kengaytirib, tikuvchilarimiz sonini 30 nafarga yetkazishni moʻljallayapmiz.

— Tadbirkor ayollarimizni qoʻllab-quvvatlab yaqindan koʻmak berib kelyapmiz, — deydi Boʻstonliq tumani xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Shoira Xudoyberganova. — Shu orqali hududimizdagi ayollarimiz bandligini taʼminlamoqchimiz. Xususan, Gulsara Saidovaga ham bankdan kredit ajratilishiga amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Yulduz OʻRMONOVA, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?